Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini 100k.uz'ga avtomatik yuboring

Forma to'ldirilgan zahoti 100k.uz'da buyurtma paydo bo'ladi — ism, telefon va oqim ID bilan. Qo'lda nusxalash yo'q, buyurtma holati esa 100k.uz'dan o'zi qaytib keladi.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
100k.uz

100k.uz'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «API Kalitlar»ga 100k.uz kalitini qo'shing

    «Yangi API kalit»ni bosing: kalitga nom bering, «Sayt» ro'yxatidan 100k.uz ni tanlang va kabinetingizdagi API kalitni qo'ying. Kalit bir marta qo'shiladi — integratsiyada u o'zi tanlanadi.

  3. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang, so'ng reklamangiz turgan Sahifa va lid Formasini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi.

  4. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Integratsiyaga tushunarli nom bering — masalan, offer nomi. Telegram chat tanlangan bo'lsa, har bir lid va 100k.uz javobi shu chatga keladi.

  5. Maqsadli sayt sifatida 100k.uz ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatining qidiruviga «100k» deb yozing va 100k.uz ni tanlang — «API Kalitlar»da qo'shgan kalitingiz «API Key» ro'yxatida o'zi tanlanadi. Kalit hali yo'q bo'lsa, «Yangi kalit» tugmasi uni shu oynaning o'zida qo'shadi.

  6. Oqim ID ni kiriting va saqlang

    Mijozning ismi va telefon raqami forma maydonlariga o'zi bog'lanadi. «Oqim ID» maydoniga 100k.uz kabinetingizdagi oqim (stream) raqamini yozing va saqlang — keyingi lid to'g'ridan-to'g'ri buyurtma bo'lib tushadi.

Video darslik

Yuboraman.uz → 100k.uz integratsiyasi

Facebook sahifani ulash, lid formasini tanlash va 100k.uz integratsiyasini sozlash. Integratsiya test qilinadi va yangi lid 100k.uz'ga qanday yetib borishi ko'rsatiladi.

Davomiyligi:

Muallif: Yuboraman

Imkoniyatlar

API orqali, to'g'ridan-to'g'ri

Lid 100k.uz API'siga ism, telefon va oqim ID bilan yuboriladi. Jadval orqali o'tkazish ham, qo'lda nusxalash ham kerak emas.

Har bir lid Telegram'da

Lid haqida xabar va 100k.uz javobi — buyurtma raqami bilan — Telegram chatga keladi. Oqim ID yoki kalit noto'g'ri bo'lsa, sababi ham shu xabarda.

Holatlar o'zi qaytadi

Qabul qilindi, yetkazildi yoki bekor qilindi — 100k.uz buyurtma holatini real vaqtda o'zi yuboradi. «Buyurtmalar» va «Moliya tahlili» bo'limlarida reklama xarajati bilan yonma-yon ko'rinadi.

Facebook'ga sotuv signali

Conversions API yoqilgan bo'lsa, qabul qilingan va yetkazilgan buyurtmalar Facebook'ga qaytadi — reklama arzon lid emas, sotib oladigan mijoz qidira boshlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

API kalit va oqim ID qayerdan olinadi?

Ikkalasi ham 100k.uz kabinetingizda. API kalitni Yuboraman'dagi «API Kalitlar» bo'limida yoki integratsiya oynasidagi «Yangi kalit» tugmasi bilan qo'shasiz, oqim ID esa kabinetdagi oqim (stream) sahifasida turadi.

Bitta lid ikki marta buyurtma bo'lib ketmaydimi?

100k.uz buyurtma allaqachon borligini javob qilsa, Yuboraman uni qayta yubormaydi — lid «allaqachon mavjud» deb belgilanadi va Telegram xabarida shunday ko'rinadi.

100k.uz javob bermasa, lid yo'qoladimi?

Yo'q. Vaqtinchalik xatoda lid saqlanib qoladi va avtomatik qayta yuboriladi. Urinishlar tugasa, Telegram'ga sababi bilan xabar keladi.

Holatlarni ko'rish uchun 100k.uz akkauntini ulash kerakmi?

Yo'q. 100k.uz holatlarni o'zi yuboradi — «Ulanishlar» bo'limida hech narsa ulash shart emas.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz 100k.uz'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.