Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlari uchun integratsiyalar

Facebook va Instagram lidlari qayerga tushishini o'zingiz tanlaysiz: Telegram, Google Sheets, CRM yoki CPA tarmog'i. Har bir manzil uchun bosqichma-bosqich yo'riqnoma bor.

Messenjer

Jadval

CRM

Lid manbasi

CPA tarmoqlari

Katalogda O'zbekistondagi 50 dan ortiq CPA tarmog'i bor. Lid tarmoqqa buyurtma bo'lib ketadi — ism, telefon va kabinetdagi oqim ID bilan; Telegram xabari yoqilgan bo'lsa, tarmoqning javobi ham chatga keladi. 100k.uz, Alijahon.uz, Xavi.uz, OlchaMarket.uz va Sotuvchi.com uchun alohida yo'riqnoma tayyor, qolgan tarmoqlar ham xuddi shu oynada katalogdan tanlanadi.

Integratsiya qanday ishlaydi

Yuboraman Facebook va Instagram reklamasidan kelgan lidni qabul qiladi va siz tanlagan joyga yuboradi. Manba — Lead Ads formasi, reklama yoki post ostidagi izohda qoldirilgan telefon raqami yoki Instagram Direct xabari. Manzil — Telegram chati, guruhi yoki kanali, Google Sheets jadvali, Bitrix24 va amoCRM (Kommo) CRM'lari yoki CPA tarmog'i. Ro'yxatda yo'q tizimga lid o'z API manzilingiz (webhook) orqali boradi.

Bu targetologlar, sotuv bo'limlari va CPA arbitraj bilan ishlaydiganlar uchun: lidni Facebook'dan qo'lda ko'chirish, CSV yuklab olish va kechikkan qo'ng'iroq o'rniga har bir lid darhol ishga tushadi. Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Sozlash kod yozmasdan bajariladi: «Ulanishlar»da Facebook'ni ulaysiz, «Yangi integratsiya»da sahifa va formani tanlaysiz, so'ng lid qayerga borishini belgilab saqlaysiz. Forma yuborilgan zahoti lid manzilga jo'natiladi. Bitta formaning lidini bir vaqtda beshtagacha manzilga yuborish va lid maydonlariga qarab yo'naltirish mumkin. Yetkazilmagan lid uchun tizim qayta urinadi.

Sozlashni videoda ko'rmoqchi bo'lsangiz, Telegram, Google Sheets, amoCRM va CPA tarmoqlari bo'yicha darsliklar bor. Video darsliklar

Lidlaringiz kutib qolmasin

Ro'yxatdan o'ting va birinchi integratsiyani yoqing. Kod yozish kerak emas, oyiga 1000 tagacha lid bepul.