Facebook lidlarini amoCRM'ga yuboring
Har bir lid amoCRM voronkangizda yangi bitim bo'lib paydo bo'ladi — kontakt ma'lumotlari to'ldirilgan holda. Qo'lda kiritish va shu paytda yo'qoladigan raqamlar tarix bo'ladi.
amoCRM'ga lidlarni qanday ulash
«Ulanishlar»da Facebook'ni ulang
«Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.
«Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang
Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang va Sahifa hamda Forma ro'yxatidan keraklisini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi. Lid o'z saytingizdan kelsa — «O'z saytingiz» ni tanlaysiz va tizim webhook manzilini beradi.
Forma nomi va Telegram xabarini sozlang
Asosiy sozlamalarda formaga nom bering. «Telegram'ga xabar yuborish» yoqiq qolsa, bitim CRM'da ochilgani bilan sotuvchiga Telegram'dan ham xabar boradi.
Maqsadli sayt sifatida amoCRM ni tanlang
«Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatida amoCRM / Kommo ni tanlang. Saqlangan akkaunt bo'lsa ro'yxatdan olasiz, aks holda akkaunt manzili (masalan https://mycompany.amocrm.ru) va JWT tokenni kiritasiz: Sozlamalar → Integratsiyalar → Qo'shish.
Voronka, bosqich va mas'ulni tanlab saqlang
Token tekshirilgach tizim akkauntingizdan voronkalar, bosqichlar va foydalanuvchilar ro'yxatini tortib keladi. Lid qaysi voronkaning qaysi bosqichiga, kim nomiga tushishini tanlaysiz; ulanishni shu yerda sinab ko'rish ham mumkin.
Video darslik
9-dars
Facebook formadan lidlarni amoCRM'ga yuborish
amoCRM akkauntini ulash, forma maydonlarini amoCRM maydonlariga moslash, lidni kerakli voronkaga tushirish, kontakt va bitim sozlamalari. Oxirida ulanish sinab ko'riladi.
Davomiyligi:
Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog
Imkoniyatlar
Voronka va bosqich sizniki
Bitim qaysi voronkaga, qaysi bosqichga tushishini o'zingiz belgilaysiz.
Kontakt ham tuziladi
Lid bilan birga kontakt ham to'ldiriladi — telefon va ism o'z maydonlariga tushadi.
Maxsus maydonlar
Akkauntingizdagi maxsus maydonlar ham ro'yxatda chiqadi, ID izlash shart emas.
Conversions API
CRM'dagi sotuv natijasini Facebook'ga qaytarish mumkin, shunda algoritm haqiqiy xaridorlarga o'xshash auditoriya qidiradi.
Ko'p so'raladigan savollar
Kommo bilan ham ishlaydimi?
Ha. amoCRM va Kommo bir xil tizim, faqat nomi va domeni farq qiladi — ikkalasi ham ulanadi.
Voronkani keyin o'zgartira olamanmi?
Ha, integratsiya sozlamalarida voronka va bosqichni istalgan vaqtda almashtirish mumkin.
Bir mijoz ikki marta yozilib qolmaydimi?
Telefon bo'yicha dublikat tekshiruvini yoqish mumkin — u yoqilganda mavjud kontakt topilsa, yangi bitim o'sha kontaktga biriktiriladi. Diqqat: amoCRM'ning o'zida Facebook Lead Forms integratsiyasi ham yoqilgan bo'lsa, lid ikki kanaldan kelib takrorlanishi mumkin.
Bir nechta akkaunt ulash mumkinmi?
Ha. Har bir integratsiya o'z akkauntiga yozadi, shuning uchun bir nechta amoCRM akkaunti bilan ishlash mumkin.
