Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Kommo CRM'ga yuboring

Kommo — amoCRM'ning xalqaro nomi, ya'ni ulanish ham bir xil ishlaydi. Har bir lid voronkangizda yangi bitim bo'lib paydo bo'ladi.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Kommo

Kommo'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang va Sahifa hamda Forma ro'yxatidan keraklisini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi. Lid o'z saytingizdan kelsa — «O'z saytingiz» ni tanlaysiz va tizim webhook manzilini beradi.

  3. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Asosiy sozlamalarda formaga nom bering. «Telegram'ga xabar yuborish» yoqiq qolsa, lid Kommo'ga tushgani bilan sotuvchiga Telegram'dan ham xabar boradi.

  4. Maqsadli sayt sifatida amoCRM / Kommo ni tanlang

    Ro'yxatdagi «amoCRM / Kommo» bandi ikkala brendga ham ishlaydi — Kommo amoCRM'ning xalqaro nomi, API'si bir xil. Akkaunt manzilini kommo.com domeni bilan kiritasiz, masalan https://mycompany.kommo.com.

  5. JWT tokenni oling va voronkani tanlang

    Kommo'da: Sozlamalar → Integratsiyalar → Qo'shish. Chiqqan tokenni Yuboraman'ga qo'ying — voronkalar, bosqichlar va mas'ul foydalanuvchilar ro'yxati o'zi yuklanadi. Lid qaysi bosqichga tushishini tanlab saqlaysiz.

Video darslik

Videoda amoCRM ko'rsatilgan. Kommo — o'sha tizimning xalqaro nomi, shuning uchun ulash va sozlash bir xil.

9-dars

Facebook formadan lidlarni amoCRM'ga yuborish

amoCRM akkauntini ulash, forma maydonlarini amoCRM maydonlariga moslash, lidni kerakli voronkaga tushirish, kontakt va bitim sozlamalari. Oxirida ulanish sinab ko'riladi.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

Imkoniyatlar

amoCRM bilan bir xil imkoniyatlar

Voronka tanlash, maxsus maydonlar, kontakt tuzish — hammasi bir xil ishlaydi.

Xalqaro domen

kommo.com domenidagi akkauntlar ham, amocrm.ru domenidagilar ham qo'llab-quvvatlanadi.

Bir vaqtda boshqa manzilga ham

Lidni Kommo'ga va, masalan, Telegram guruhiga birdan yuborish mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Kommo va amoCRM farqi bormi?

Texnik jihatdan bir xil tizim — Kommo uning xalqaro nomi. Ulanish va sozlash bir xil.

Qaysi domenlar qo'llab-quvvatlanadi?

kommo.com va amocrm.ru domenlaridagi akkauntlar ishlaydi.

Maxsus maydonlarga yozsa bo'ladimi?

Ha, akkauntingizdagi barcha maydonlar ro'yxatda chiqadi.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Kommo'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.