Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Google Sheets'ga avtomatik yozing

Har bir lid jadvalingizga yangi qator bo'lib tushadi. Facebook'dan CSV yuklab olish, ustunlarni moslash va qo'lda nusxalash kerak emas.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Google Sheets

Google Sheets'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang va Sahifa hamda Forma ro'yxatidan keraklisini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi. Lid o'z saytingizdan kelsa — «O'z saytingiz» ni tanlaysiz va tizim webhook manzilini beradi.

  3. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Asosiy sozlamalarda formaga nom bering. Lid jadvalga tushishi bilan Telegram'ga ham xabar kelishini istasangiz, «Telegram'ga xabar yuborish» ni yoqiq qoldiring — o'chirsangiz lid faqat jadvalga boradi.

  4. Maqsadli sayt sifatida Google Sheets ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatidan Google Sheets ni tanlang va Google akkauntingizni ulang. Ruxsat faqat siz ko'rsatgan jadvalga tegishli.

  5. Jadval, varaq va ustunlarni belgilab saqlang

    Mavjud jadvalni tanlang yoki yangisini oching, varaq nomini bering va qaysi ustun qaysi lid maydonini olishini belgilang. Ustun sarlavhalari jadvalda yo'q bo'lsa, tizim ularni o'zi qo'shadi.

Video darslik

4-dars

Facebook formadan lidlarni Google Sheets'ga yuborish

Google Sheets'ni ulash, forma maydonlarini jadval ustunlariga moslash va lidlar jadvalga tushishini sinash. Jadvaldagi lidlarni tartibli saqlash ham ko'rsatilgan.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

Imkoniyatlar

Mavjud jadvalga qo'shiladi

Jadvalingizdagi ma'lumotlar o'chmaydi — lidlar oxiriga yangi qator bo'lib qo'shiladi.

Ustun sarlavhalari moslanadi

Kerakli sarlavha jadvalda bo'lmasa, u avtomatik qo'shiladi. Ustunlar tartibini o'zingiz belgilaysiz.

Bir nechta jadval

Turli formalarning lidlarini turli jadvallarga yoki turli varaqlarga yo'naltirish mumkin.

Hisobotlar ham shu yerda

Kunlik Facebook Ads hisobotini ham Google Sheets'ga yuborish mumkin — xarajat, lidlar soni, CTR va lid narxi.

Ko'p so'raladigan savollar

Mavjud jadvalimga yozsa bo'ladimi?

Ha. Mavjud jadval va varaqni tanlaysiz, lidlar uning oxiriga qo'shiladi. Eski ma'lumotlarga tegilmaydi.

Ustunlarni o'zim belgilay olamanmi?

Ha. Har bir lid maydoni uchun ustunni o'zingiz tanlaysiz; jadvalda yo'q sarlavha avtomatik qo'shiladi.

Google akkauntimga qanday ruxsat beriladi?

Ruxsat Google'ning o'z oynasi orqali beriladi va faqat jadvalga yozish uchun ishlatiladi. Uni istalgan vaqtda Google akkaunt sozlamalaridan bekor qilish mumkin.

Lid ikki marta yozilib qolmaydimi?

Yuborish xatolikka uchrasa tizim qayta urinadi, lekin bitta lid uchun bitta qator yoziladi. Agar bir odam formani ikki marta to'ldirsa — bu ikki alohida lid va ikkala qator ham jadvalga tushadi.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Google Sheets'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.