Asosiy kontentga o'tish

Facebook Lead Ads lidlarini avtomatik yig'ing

Forma to'ldirilgan zahoti lid tizimga tushadi va siz tanlagan manzilga yuboriladi. Facebook ichida soatlab kutib turadigan lidlar qolmaydi.

Lead Ads formasi
Yuboraman
Telegram, CRM, jadval

Facebook Lead Ads lidlarini qanday yig'ish

  1. «Ulanishlar»da Facebook akkauntingizni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Ruxsatlarni Facebook o'zi so'raydi: qaysi sahifalarga kirish berishni siz belgilaysiz, parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisob «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «Yangi integratsiya» — manba: Facebook / Instagram

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing va «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang. Hisob bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi; bir nechta bo'lsa — «Hisob» ro'yxatidan keraklisini olasiz.

  3. Sahifa va formani tanlang

    Sahifani tanlaganingizdan keyin o'sha sahifaning lid formalari ro'yxati chiqadi. Keraklisini belgilaysiz — bir sahifada nechta forma bo'lsa, har biriga alohida integratsiya tuzish mumkin.

  4. Asosiy sozlamalarni to'ldiring

    Formaga nom bering, Telegram chatni ko'rsating va kerak bo'lsa qo'shimcha imkoniyatlarni yoqing: reklama izohlaridan lid yig'ish, AI sotuv agenti, aniq reklamalarni tanlash.

  5. Lid qayerga borishini belgilab saqlang

    Oxirgi bo'limda manzilni tanlaysiz: Telegram, Google Sheets, Bitrix24, amoCRM / Kommo, 50 dan ortiq CPA platforma yoki o'z API manzilingiz.

Video darslik

2-dars

Facebook va Google akkauntlarini ulash

Facebook (Meta) Business va Google akkauntlarini Yuboraman.uz'ga ulash, ruxsatlarni to'g'ri berish va ulanishni tekshirish. Bir nechta akkaunt bilan ishlash ham ko'rsatilgan.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

Imkoniyatlar

Formadan kelgan lidlar

Lead Ads formasi yuborilgan zahoti Meta imzolangan webhook orqali xabar beradi va lid tizimga tushadi.

Izohlardagi raqamlar

Reklama izohida telefon raqami qoldirgan odam ham lidga aylanadi. Forma to'ldirmaganlar qo'ldan ketmaydi.

Instagram ham

Instagram Lead Ads formalari, izohlari va Direct xabarlari ham xuddi shu tarzda ishlaydi.

Bir forma — bir nechta manzil

Bitta formadagi lidlarni bir vaqtda bir nechta joyga yuborish mumkin.

Shartli yuborish

Lid maydonlariga qarab qayerga yuborishni hal qilish mumkin — masalan viloyatga qarab boshqa operatorga.

Ko'p so'raladigan savollar

Lid qancha vaqtda yetib boradi?

Forma yuborilgan zahoti Meta webhook orqali xabar beradi va tizim lidni darhol manzilga yo'naltiradi. Webhook biror sababga ko'ra kelmasa, zaxira tekshiruv lidni keyinroq yig'ib oladi.

Reklama formasi bo'lmasa-chi?

Forma yo'q kampaniyalar (trafik, video ko'rish) uchun alohida rejim bor — lidlar izohlar orqali yig'iladi.

Instagram lidlari ham ishlaydimi?

Ha. Instagram formalari, reklama izohlari va Direct xabarlari qo'llab-quvvatlanadi.

Eski lidlar ham tushadimi?

Yo'q — integratsiya yoqilgunga qadar kelgan lidlar avtomatik import qilinmaydi. Yoqilgandan keyingilari avtomatik keladi, xatolik bo'lsa kechikkanlari qayta yig'iladi. Eski lidlarni Facebook'dan CSV qilib yuklab, qo'lda kiritish mumkin.

Facebook ruxsatlari xavfsizmi?

Ruxsat Facebook'ning o'z oynasi orqali beriladi va faqat lid olish uchun ishlatiladi. Uni istalgan vaqtda Facebook sozlamalaridan bekor qilish mumkin.

Boshqa manzillar

Keyingi lid allaqachon avtomatik ketsin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.