Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Bitrix24 CRM'ga yuboring

Lid Bitrix24 voronkangizga tayyor karta bo'lib tushadi — kerakli maydonlar to'ldirilgan, mas'ul biriktirilgan holda. Operator CRM'ni ochganda lid allaqachon u yerda.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Bitrix24

Bitrix24'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang va Sahifa hamda Forma ro'yxatidan keraklisini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi. Lid o'z saytingizdan kelsa — «O'z saytingiz» ni tanlaysiz va tizim webhook manzilini beradi.

  3. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Asosiy sozlamalarda formaga nom bering. «Telegram'ga xabar yuborish» yoqiq qolsa, lid CRM'ga tushgani bilan sotuvchi uni telefonidan darhol ko'radi.

  4. Maqsadli sayt sifatida Bitrix24 ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatidan Bitrix24 ni tanlang. Saqlangan portalingiz bo'lsa ro'yxatdan olasiz; birinchi marta ulayotgan bo'lsangiz Bitrix24'da kiruvchi webhook ochib, chiqqan to'liq URL'ni Webhook URL maydoniga ko'chirasiz — u https://portalingiz.bitrix24.uz/rest/1/kod/ ko'rinishida bo'ladi. Yo'li: Bitrix24 → CRM → Sozlamalar → Integratsiya → Webhook.

  5. Maydonlarni yuklab, moslang va saqlang

    «Maydonlarni yuklash» tugmasi portalingizdagi maydonlar ro'yxatini jonli tortib keladi — siz qo'shgan maxsus maydonlar ham. Qaysi lid ma'lumoti qayerga tushishini belgilab saqlaysiz.

Imkoniyatlar

Maydonlar portalingizdan

Standart maydonlar ham, siz qo'shgan maxsus maydonlar ham ro'yxatda chiqadi — qo'lda ID izlash kerak emas.

Sarlavha shabloni

Lid sarlavhasini shablon bilan tuzasiz, ya'ni CRM ro'yxatida har karta nima haqida ekani bir qarashda ko'rinadi.

Sotuv hisoboti

Kunlik hisobotga CRM bo'limini qo'shish mumkin: qaysi bosqichda nechta bitim bor va ular qancha turadi.

Conversions API

Bitrix24'dagi haqiqiy sotuvlarni Facebook'ga qaytarish mumkin — algoritm arzon lid emas, sotib oladigan mijoz topa boshlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Qaysi Bitrix24 versiyalari qo'llab-quvvatlanadi?

Kiruvchi webhook tuzish mumkin bo'lgan har qanday Bitrix24 portali — bulutli (bitrix24.ru, bitrix24.uz va boshqa domenlar) ham, o'z serveringizdagi ham.

Maxsus maydonlarimga yozsa bo'ladimi?

Ha. Maydonlar ro'yxati portalingizdan jonli yuklanadi, shuning uchun siz qo'shgan maydonlar ham tanlov ichida bo'ladi.

Lid sifatidami yoki bitim sifatida?

Ikkalasi ham mumkin — qaysi biri sizning voronkangizga mos bo'lsa, sozlashda tanlaysiz.

Bir nechta portalga yubora olamanmi?

Ha. Bir nechta Bitrix24 akkaunti ulanadi va har bir integratsiya o'z portaliga yozadi.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Bitrix24'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.