Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Telegram'ga avtomatik yuboring

Har bir yangi lid Telegram botingizga yoki sotuv guruhingizga kelishi bilan tushadi. Operator telefonidan darhol ko'radi va qo'ng'iroq qiladi — lid sovib ulgurmaydi.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Telegram

Telegram'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang va Sahifa hamda Forma ro'yxatidan keraklisini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi. Lid o'z saytingizdan kelsa — «O'z saytingiz» ni tanlaysiz va tizim webhook manzilini beradi.

  3. Forma nomi va Telegram chatni kiriting

    Asosiy sozlamalarda formaga nom bering, «Telegram'ga xabar yuborish» yoqiq turganiga ishonch hosil qiling va chat ID ni qo'ying. Guruh ID minus bilan boshlanadi (masalan -1001234567890) — botni guruhga qo'shib /start yozsangiz, bot ID ni o'zi qaytaradi.

  4. Yetkazuvchi botni belgilang

    Standart holatda xabarlar «Asosiy bot (Yuboraman.uz)» orqali keladi. Pullik tarifda «Yangi bot ulash» orqali o'z botingizni qo'yasiz — shunda lidlar sizning brendingiz nomidan tushadi.

  5. Maqsadli saytni tanlab saqlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatida Telegram ni tanlasangiz, xabarda qaysi maydonlar chiqishini o'zingiz belgilaysiz. CRM yoki CPA platformani tanlasangiz ham Telegram xabari o'chmaydi — lid ikkala joyga birdan boradi.

Video darslik

3-dars

Facebook formadan lidlarni Telegram'ga yuborish

Facebook lid formasini ulash, Telegram guruhini bog'lash va lidlar guruhga real vaqtda tushadigan qilib sozlash. Xabar shablonini moslash va sinab ko'rish ham bor.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

Imkoniyatlar

Manzil bilan yonma-yon ishlaydi

Telegram alohida manzil sifatida ham ishlaydi, CRM yoki CPA platformaga qo'shimcha sifatida ham. «Telegram'ga xabar yuborish» yoqiq qolsa, lid manzilga ketgani bilan sotuvchi uni chatda ham ko'radi.

Chat, guruh, kanal yoki forum mavzusi

Lidlarni shaxsiy chatga, sotuv guruhiga, kanalga yoki forum guruhining aniq mavzusiga yuborish mumkin.

Har forma uchun alohida manzil

Turli reklama formalarining lidlarini turli chatlarga yo'naltiring — hammasi bitta joyga tushishi shart emas.

Xabar shabloni sizniki

Qaysi maydon, qanday tartibda va qanday ko'rinishda chiqishini o'zingiz belgilaysiz. Telefon raqami bir bosishda nusxalanadi.

Bot uzilsa xabar beradi

Bot bloklansa, guruhdan chiqarilsa, admin huquqini yo'qotsa, chat yoki forum mavzusi o'chib ketsa — tizim sababini aytib ogohlantiradi. Guruh superguruhga aylanib Chat ID o'zgarsa ham xabar keladi, ya'ni lidlar jimgina yo'qolmaydi.

Telegram orqali boshqaruv

Kunlik reklama hisoboti ham, reklamani to'xtatish va qayta yoqish ham shu bot orqali ishlaydi — panelni ochish shart emas.

Ko'p so'raladigan savollar

Shaxsiy chatga ham, guruhga ham yuborsa bo'ladimi?

Ha. Bot ulangach ro'yxatdan kerakli chatni tanlaysiz: shaxsiy chat, sotuv guruhi, kanal yoki forum mavzusi.

O'z botimni ulash mumkinmi?

Ha. Platforma botidan foydalanish ham, o'z botingizning tokenini ulash ham mumkin. O'z botingiz bo'lsa xabarlar sizning brendingiz nomidan keladi.

Xabarda nima ko'rinadi?

Siz tanlagan maydonlar: ism, telefon, forma nomi, reklama nomi va lid bilan kelgan boshqa javoblar. Shablonni tahrirlash mumkin.

Bir vaqtda Telegram va CRM'ga yubora olamanmi?

Ha. Bitta lidni bir nechta manzilga birdan yuborish mumkin — masalan Telegram guruhiga va Bitrix24'ga.

Sozlash uchun dasturchi kerakmi?

Yo'q. Kod yozish ham, dasturchi jalb qilish ham kerak emas: Facebook'ni ulaysiz, chatni tanlaysiz va saqlaysiz.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Telegram'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.