Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Alijahon.uz'ga avtomatik yuboring

Forma to'ldirilgan zahoti lid Alijahon.uz'ga buyurtma bo'lib ketadi — ism, telefon va oqim ID bilan. Saytning javobi har bir lid bilan Telegram'ga keladi, xato bo'lsa — sababi ham.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Alijahon.uz

Alijahon.uz'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «API Kalitlar»ga Alijahon.uz kalitini qo'shing

    «Yangi API kalit»ni bosing: kalitga nom bering, «Sayt» ro'yxatidan Alijahon.uz ni tanlang va kabinetingizdagi API kalitni qo'ying. Kalit bir marta qo'shiladi — integratsiyada u o'zi tanlanadi.

  3. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang, so'ng reklamangiz turgan Sahifa va lid Formasini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi.

  4. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Integratsiyaga tushunarli nom bering — masalan, offer nomi. Telegram chat tanlangan bo'lsa, har bir lid va Alijahon.uz javobi shu chatga keladi.

  5. Maqsadli sayt sifatida Alijahon.uz ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatining qidiruviga «alijahon» deb yozing va Alijahon.uz ni tanlang — «API Kalitlar»da qo'shgan kalitingiz «API Key» ro'yxatida o'zi tanlanadi.

  6. Oqim ID ni kiriting va saqlang

    Mijozning ismi va telefon raqami forma maydonlariga o'zi bog'lanadi. «Oqim ID» maydoniga Alijahon.uz kabinetingizdagi oqim (stream) raqamini yozing va saqlang. Uchala maydon ham majburiy — biri bo'sh qolsa, integratsiya saqlanmaydi.

Video darslik

Yuboraman.uz → Alijahon.uz integratsiyasi

Facebook sahifani ulash, lid formasini tanlash va Alijahon.uz integratsiyasini boshidan oxirigacha sozlash. Oxirida test lid yuborilib, u Alijahon.uz'ga tushgani tekshiriladi.

Davomiyligi:

Muallif: Yuboraman

Imkoniyatlar

API orqali, to'g'ridan-to'g'ri

Lid Alijahon.uz API'siga ism, telefon va oqim ID bilan yuboriladi. Jadval orqali o'tkazish ham, qo'lda nusxalash ham kerak emas.

Sayt javobi Telegram'da

Alijahon.uz qabul qilgan buyurtmani qaytaradi — oqim, ism va telefon bilan. Shu javob har bir lid bilan Telegram chatga keladi; kalit yoki oqim noto'g'ri bo'lsa, sababi ham shu xabarda.

Lid yo'qolmaydi

Vaqtinchalik xatoda tizim lidni uch marta yuborib ko'radi va o'xshamasa, sababini Telegram'ga yozadi — shundan keyin ham 12 soatgacha har soatda qayta urinadi.

Bitta kalit — ko'p oqim

Kalit «API Kalitlar»da bir marta qo'shiladi. Har bir offer yoki forma uchun alohida integratsiya ochasiz — kalit o'zi tanlanadi, faqat oqim ID boshqa bo'ladi.

Ko'p so'raladigan savollar

API kalit va oqim ID qayerdan olinadi?

Ikkalasi ham Alijahon.uz kabinetingizda. Kalitni Yuboraman'dagi «API Kalitlar» bo'limida bir marta qo'shasiz, oqim ID esa kabinetdagi oqim (stream) sahifasida turadi.

Buyurtma holati (qabul qilindi, yetkazildi) Yuboraman'da ko'rinadimi?

Hozircha yo'q: Alijahon.uz buyurtma holatini qaytarmaydi. Lid yuborilgani va saytning javobi Telegram'da ko'rinadi.

Bitta lid ikki marta buyurtma bo'lib ketmaydimi?

Sayt javobida buyurtma allaqachon borligi aytilsa, Yuboraman uni qayta yubormaydi — lid «allaqachon mavjud» deb belgilanadi va Telegram xabarida shunday ko'rinadi.

Alijahon.uz javob bermasa nima bo'ladi?

Vaqtinchalik xatoda lid saqlanib qoladi va avtomatik qayta yuboriladi. Kalit yoki oqim noto'g'ri bo'lsa, xato sababi Telegram xabarida ko'rinadi — sozlamani tuzatish kifoya.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Alijahon.uz'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.