Facebook lidlarini OlchaMarket.uz'ga avtomatik yuboring
Forma to'ldirilishi bilan lid OlchaMarket.uz'ga buyurtma bo'lib ketadi — ism, telefon, mahsulot (offer) ID va oqim ID bilan. Saytning javobi har bir lid bilan Telegram'ga keladi.
OlchaMarket.uz'ga lidlarni qanday ulash
«Ulanishlar»da Facebook'ni ulang
«Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.
«API Kalitlar»ga OlchaMarket.uz kalitini qo'shing
«Yangi API kalit»ni bosing: kalitga nom bering, «Sayt» ro'yxatidan OlchaMarket.uz ni tanlang va kabinetingizdagi API kalitni qo'ying. Kalit bir marta qo'shiladi — integratsiyada u o'zi tanlanadi.
«Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang
Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang, so'ng reklamangiz turgan Sahifa va lid Formasini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi.
Forma nomi va Telegram xabarini sozlang
Integratsiyaga tushunarli nom bering — masalan, mahsulot nomi. Telegram chat tanlangan bo'lsa, har bir lid va OlchaMarket.uz javobi shu chatga keladi.
Maqsadli sayt sifatida OlchaMarket.uz ni tanlang
«Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatining qidiruviga «olcha» deb yozing va OlchaMarket.uz ni tanlang — «API Kalitlar»da qo'shgan kalitingiz «API Key» ro'yxatida o'zi tanlanadi.
Offer va oqim ID ni kiriting va saqlang
Mijozning ismi va telefon raqami forma maydonlariga o'zi bog'lanadi. «Mahsulot (offer) ID» ga kabinetdagi mahsulot sahifasidan, «Oqim ID» ga oqim (stream) sahifasidan raqamni yozing va saqlang. Hamma maydon majburiy — biri bo'sh qolsa, integratsiya saqlanmaydi.
Video darslik
Yuboraman.uz → OlchaMarket.uz integratsiyasi
OlchaMarket.uz integratsiyasini sozlash: Facebook sahifani ulash, kerakli lid formasini tanlash va lid ma'lumotlarini yuborish. Test lid bilan tekshiriladi va yangi lid kelganda nima bo'lishi ko'rsatiladi.
Davomiyligi:
Muallif: Yuboraman
Imkoniyatlar
Mahsulot va oqim — ikkalasi ham
OlchaMarket.uz buyurtmasi uchun katalog mahsulot (offer) ID ni ham, oqim ID ni ham so'raydi. Ikkalasi majburiy: biri bo'sh bo'lsa, integratsiya saqlanmaydi va chala buyurtma ketmaydi.
Sayt javobi Telegram'da
OlchaMarket.uz nima deb javob bersa, o'sha javob lid bilan birga Telegram chatga keladi. Xato bo'lsa ham, saytning javobi shu xabarda turadi.
Lid yo'qolmaydi
Sayt vaqtincha javob bermasa, lid saqlanib turadi: tizim uni uch marta yuborib ko'radi, o'xshamasa sababini Telegram'ga yozadi va keyingi 12 soat davomida har soatda yana urinadi.
Bitta kalit — har mahsulotga alohida integratsiya
Kalit «API Kalitlar»da bir marta qo'shiladi. Bir nechta mahsulot sotsangiz, har biriga alohida integratsiya ochasiz — kalit o'zi tanlanadi, faqat mahsulot va oqim ID boshqa bo'ladi.
Ko'p so'raladigan savollar
Mahsulot (offer) ID va oqim ID qayerdan olinadi?
Ikkalasi ham OlchaMarket.uz kabinetingizda: offer ID — mahsulot sahifasida, oqim ID — oqim (stream) sahifasida. API kalitni esa Yuboraman'dagi «API Kalitlar» bo'limida bir marta qo'shasiz.
Buyurtma holati Yuboraman'ga qaytadimi?
Hozircha yo'q: OlchaMarket.uz buyurtma holatini yubormaydi. Lid yuborilgani va saytning javobi Telegram'da ko'rinadi.
Bitta lid ikki marta buyurtma bo'lib ketmaydimi?
Sayt javobida buyurtma allaqachon borligi aytilsa, Yuboraman uni qayta yubormaydi — lid «allaqachon mavjud» deb belgilanadi va Telegram xabarida shunday ko'rinadi.
Offer yoki oqim ID noto'g'ri bo'lsa nima bo'ladi?
Sayt buyurtmani rad etsa, uning javobi Telegram xabarida ko'rinadi. Kabinetdan to'g'ri raqamni olib, integratsiyani tahrirlaysiz.
