Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Sotuvchi.com'ga avtomatik yuboring

Forma to'ldirilishi bilan lid Sotuvchi.com'ga buyurtma bo'lib ketadi — ism, telefon, mahsulot (offer) ID va oqim ID bilan. Sotuvchi akkauntingizni ham ulasangiz, buyurtma holati Yuboraman'ga o'zi qaytadi.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Sotuvchi.com

Sotuvchi.com'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «API Kalitlar»ga Sotuvchi.com kalitini qo'shing

    «Yangi API kalit»ni bosing: kalitga nom bering, «Sayt» ro'yxatidan Sotuvchi.com ni tanlang va kabinetingizdagi API kalitni qo'ying. Kalit bir marta qo'shiladi — integratsiyada u o'zi tanlanadi.

  3. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang, so'ng reklamangiz turgan Sahifa va lid Formasini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi.

  4. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Integratsiyaga tushunarli nom bering — masalan, mahsulot nomi. Telegram chat tanlangan bo'lsa, har bir lid va Sotuvchi.com javobi shu chatga keladi.

  5. Maqsadli sayt sifatida Sotuvchi.com ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatining qidiruviga «sotuvchi» deb yozing va Sotuvchi.com ni tanlang — «API Kalitlar»da qo'shgan kalitingiz «API Key» ro'yxatida o'zi tanlanadi.

  6. Offer va oqim ID ni kiriting va saqlang

    Mijozning ismi va telefon raqami forma maydonlariga o'zi bog'lanadi. «Mahsulot (offer) ID» ga kabinetdagi mahsulot sahifasidan, «Oqim ID» ga oqim (stream) sahifasidan raqamni yozing va saqlang. Hamma maydon majburiy — biri bo'sh qolsa, integratsiya saqlanmaydi.

Video darslik

Yuboraman.uz → Sotuvchi.com integratsiyasi

Facebook sahifani ulash, kerakli lid formasini tanlash va Sotuvchi.com integratsiyasini sozlash. Test lid bilan tekshiriladi va yangi mijozning ma'lumotlari Sotuvchi.com'ga avtomatik tushishi ko'rsatiladi.

Davomiyligi:

Muallif: Yuboraman

Imkoniyatlar

Holat Sotuvchi.com'dan qaytadi

Sotuvchi.com holatni o'zi yubormaydi, shuning uchun Yuboraman uni so'rab oladi: yangi buyurtmalarni har soatda, oxirgi 30 kundagilarini kuniga ikki marta tekshiradi. «Qabul», «Yetkazilgan» va «Bekor» holatlari «Buyurtmalar» va «Moliya tahlili» bo'limlarida reklama xarajati bilan yonma-yon ko'rinadi.

Facebook'ga sotuv signali

Conversions API yoqilgan bo'lsa, qabul qilingan va yetkazilgan buyurtmalar Facebook'ga qaytadi — reklama arzon lid emas, sotib oladigan mijoz qidira boshlaydi.

Sayt javobi Telegram'da

Sotuvchi.com nima deb javob bersa, o'sha javob lid bilan birga Telegram chatga keladi. Sayt buyurtmani rad etsa ham, uning javobi shu xabarda turadi.

Lid yo'qolmaydi

Sayt vaqtincha javob bermasa, lid saqlanib turadi: tizim uni uch marta yuborib ko'radi, o'xshamasa sababini Telegram'ga yozadi va keyingi 12 soat davomida har soatda yana urinadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Holatlarni ko'rish uchun nimani ulash kerak?

Sotuvchi.com akkauntingizni: «Ulanishlar»da «Profil ulash» → «CPA saytlar» → «Sotuvchi», so'ng ulanishga nom bering va akkauntning email yoki telefonini hamda parolini kiriting. Parol serverda shifrlangan holda saqlanadi. Lid yuborishga «API Kalitlar»dagi kalit yetadi — akkaunt faqat holatlar uchun kerak.

Holat qanchalik tez yangilanadi?

Yangi buyurtmalar holati har soatda, oxirgi 30 kundagilari kuniga ikki marta — 13:30 va 22:30 da tekshiriladi. Kutmaslik uchun «Moliya tahlili» sahifasining yuqorisidagi yangilash tugmasini bosing — holatlar shu zahoti qayta so'raladi.

Mahsulot (offer) ID va oqim ID qayerdan olinadi?

Ikkalasi ham Sotuvchi.com kabinetingizda: offer ID — mahsulot sahifasida, oqim ID — oqim (stream) sahifasida. API kalitni esa Yuboraman'dagi «API Kalitlar» bo'limida bir marta qo'shasiz.

Bitta lid ikki marta buyurtma bo'lib ketmaydimi?

Sayt javobida buyurtma allaqachon borligi aytilsa, Yuboraman uni qayta yubormaydi — lid «allaqachon mavjud» deb belgilanadi va Telegram xabarida shunday ko'rinadi.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Sotuvchi.com'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.