Asosiy kontentga o'tish

Facebook lidlarini Xavi.uz'ga avtomatik yuboring

Forma to'ldirilgan zahoti Xavi.uz'da buyurtma paydo bo'ladi — ism, telefon, mahsulot (offer) va oqim ID bilan. Xavi qaytargan buyurtma raqami har bir lid bilan Telegram'ga keladi.

Facebook Lead Ads
Yuboraman
Xavi.uz

Xavi.uz'ga lidlarni qanday ulash

  1. «Ulanishlar»da Facebook'ni ulang

    «Profil ulash» → Facebook. Brauzer Facebook sahifasiga o'tadi va qaysi sahifalarga ruxsat berishni so'raydi — parolingiz Yuboraman'ga ko'rinmaydi. Qaytgach hisobingiz «Lid manbalari» ro'yxatida turadi.

  2. «API Kalitlar»ga Xavi.uz kalitini qo'shing

    «Yangi API kalit»ni bosing: kalitga nom bering, «Sayt» ro'yxatidan Xavi.uz ni tanlang va kabinetingizdagi API kalitni qo'ying. Kalit bir marta qo'shiladi — integratsiyada u o'zi tanlanadi.

  3. «Yangi integratsiya»ni bosing va manbani tanlang

    Integratsiyalar bo'limida «Yangi integratsiya»ni bosing. «Lid qayerdan keladi?» savolida Facebook / Instagram ni belgilang, so'ng reklamangiz turgan Sahifa va lid Formasini tanlang — Facebook hisobi bitta bo'lsa, u o'zi tanlanadi.

  4. Forma nomi va Telegram xabarini sozlang

    Integratsiyaga tushunarli nom bering — masalan, mahsulot nomi. Telegram chat tanlangan bo'lsa, har bir lid va Xavi.uz javobi shu chatga keladi.

  5. Maqsadli sayt sifatida Xavi.uz ni tanlang

    «Lead qayerga yuborilsin?» ro'yxatining qidiruviga «xavi» deb yozing va Xavi.uz ni tanlang — «API Kalitlar»da qo'shgan kalitingiz «API Key» ro'yxatida o'zi tanlanadi.

  6. Offer va oqim ID ni kiriting va saqlang

    Mijozning ismi va telefon raqami forma maydonlariga o'zi bog'lanadi. «Mahsulot (offer) ID» ga kabinetdagi mahsulot sahifasidan, «Oqim ID» ga oqim (stream) sahifasidan raqamni yozing va saqlang — keyingi lid buyurtma bo'lib tushadi.

Video darslik

Yuboraman.uz → Xavi.uz integratsiyasi

Xavi.uz integratsiyasini bosqichma-bosqich sozlash: Facebook sahifani ulash va kerakli lid formasini tanlash. Test lid bilan tekshiriladi va yangi lid Xavi.uz'ga qanday tushishi ko'rsatiladi.

Davomiyligi:

Muallif: Yuboraman

Imkoniyatlar

Offer va oqim — ikkalasi ham

Xavi.uz buyurtmani mahsulot (offer) ID va oqim ID bilan qabul qiladi. Katalogda ikkalasi ham majburiy: biri bo'sh qolsa, integratsiya saqlanmaydi — chala buyurtma ketmaydi.

Buyurtma raqami Telegram'da

Xavi har bir qabul qilingan buyurtmaga raqam qaytaradi. U lid bilan birga Telegram chatga keladi va lid bilan saqlanadi.

Lid yo'qolmaydi

Xavi.uz vaqtincha javob bermasa, tizim lidni uch marta yuborib ko'radi va o'xshamasa, sababini Telegram'ga yozadi — keyin ham 12 soatgacha har soatda qayta urinadi.

Har mahsulotga — alohida integratsiya

Bir nechta mahsulot sotsangiz, har biriga alohida integratsiya ochasiz: kalit bitta va o'zi tanlanadi, faqat offer va oqim ID boshqa.

Ko'p so'raladigan savollar

Offer ID va oqim ID qayerdan olinadi?

Ikkalasi ham Xavi.uz kabinetingizda: offer ID — mahsulot sahifasida, oqim ID — oqim (stream) sahifasida. API kalitni esa Yuboraman'dagi «API Kalitlar» bo'limida bir marta qo'shasiz.

Buyurtma holati Yuboraman'ga qaytadimi?

Hozircha yo'q: Xavi.uz buyurtma holatini yubormaydi. Buyurtma raqami va saytning javobi Telegram'da ko'rinadi.

Bitta lid ikki marta buyurtma bo'lib ketmaydimi?

Sayt javobida buyurtma allaqachon borligi aytilsa, Yuboraman uni qayta yubormaydi — lid «allaqachon mavjud» deb belgilanadi va Telegram xabarida shunday ko'rinadi.

Oqim va offer mos kelmasa nima bo'ladi?

Sayt oqim yoki offer ID ni rad etsa, xato sababi Telegram xabarida ko'rinadi. Kabinetdan to'g'ri raqamni olib, integratsiyani tahrirlaysiz.

Boshqa manzillar

Lidlaringiz Xavi.uz'da kutib tursin

Kod yozish kerak emas: ro'yxatdan o'ting, Facebook sahifangizni ulang va birinchi integratsiyani yoqing.